JAC avtosalonlari - bu sizning ishonchli avtomobil xaridingiz!
|

Aziz ayollar, sizlarni ajoyib bayram - Xalqaro xotin-qizlar kuni bilan tabriklaymiz!

Aziz va munis onaxonlar va dilbar opa-singillar sohamizning barcha muxtarama ayollari hamda go‘zal qizlari! Barchangizga nafis bahor, muhabbat, go‘zallik, latofat va mehr ramzi bo‘lgan 8-mart Xalqaro xotin-qizlar bayrami muborak bo‘lsin!

Odatda ayolni bahorga, bahorni esa ayolga qiyoslashadi. Zotan o‘lkamiz uzra muattar sepini yoya boshlagan bahorning ilk kunlari aynan xotin-qizlar bayrami bilan boshlanishi ham ramziy ma’no kasb etadi. Ayoli bor oila qut-barakali, fayzli va tarovatli bo‘ladi. Yurtimiz ham, jamiyatimiz ham ayol bilan go‘zaldir.

Ayollik baxti, bekalik taxti, onalik martabasi Sizlarga hamisha hamroh bo‘lsin!

Hurmat va muhabbat bilan, JAC Motors jamoasi ♥️

Aloqa

Siz har doim dilerlardan avtomobillar mavjudligini bilib olishingiz, JAC-ni bron qilishingiz va sotib olishingiz mumkin.

+998 90 122 02 34 (qo'ng'iroqlar markazi)

info@jacauto.uz

Biz ijtimoiy tarmoqlardamiz:

Qayta aloqa shakli

Ma'lumotlaringizni qoldiring va avtomarkazning vakili imkon qadar tezroq sizga qo'ng'iroq qiladi