314 600 000 so'm

  • 5990x2098x2645
  • 2.0T
  • 6MT

JAC T8 — ish va faol dam olish uchun mo‘ljallangan romali to‘liq yuritmali pikap bo‘lib, brutal dizayn, oddiy konstruksiya va munosib jihozlanishni o‘zida uyg‘unlashtiradi.
Salon sodda va vazmin uslubda ishlangan: klassik markaziy konsol, multimedia ekrani, dvigatelni ishga tushirish tugmasi va 7 dyuymli asboblar displeyi mavjud.Jihozlanish tarkibiga multirul, old o‘rindiqlarni isitish, rul va haydovchi o‘rindig‘ini balandligi bo‘yicha sozlash, kalitsiz kirish, 6 ta dinamikli audio tizim, USB, Bluetooth va Android Auto kiradi.
Pikap 177 ot kuchiga ega va 290 Nm aylanish momentini beruvchi benzinli dvigatel bilan taklif etiladi.
2,0 litrli turbomotor bilan.

6 pog‘onali mexanik uzatmalar qutisi bilan ishlaydi. Yuritma — Part Time to‘liq yuritma, pasaytiruvchi uzatma va orqa differensialni blokirovka qilish opsiyasi bilan ta’minlangan.
JAC T8 rama asosida qurilgan bo‘lib, old tomonda ikki richagli osma, orqa tomonda esa ressorli qattiq ko‘prik bilan jihozlangan. Klirens — 220 mm, yuk ko‘tarish quvvati — taxminan 900 kg.O‘lchamlari: 5325 × 1880 × 1830 mm, g‘ildirak bazasi — 3090 mm, yuk platformasi — 1520 × 1520 × 470 mm. Tormozlar — ikkala o‘qda ham diskli.
Jihozlanish tarkibiga old xavfsizlik yostiqchalari, ABS, EBD, ESP, TCS, tepaga ko‘tarilishda va pastga tushishda yordam tizimlari, ISOFIX, kruiz-nazorat, shinalardagi bosimni nazorat qilish tizimi hamda orqa parktronik kiradi.
JAC T8 — ish va yo‘ldan tashqarida harakatlanish uchun mos, yaxshi o‘tkazuvchanlikka ega, amaliy va hamyonbop pikap bo‘lib, yetarli quvvatni taklif etadi.